“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari yig‘ilishida muhokama qilindi

16:34 - 20 Dekabr 2021 Yangiliklar
362

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat yuritayotgan barcha siyosiy partiyalarning fraksiyalari yig‘ilishlarida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul vakillari ishtirok etib, fraksiyalar aʼzolariga Qonun loyihasini qabul qilishning zarurati, ahamiyati va kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil maʼlumot berishdi.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga xodimlarni mustaqil tanlov asosida qabul qilinishi, ularga yuklatilgan funksional vazifalarni amalga oshirishda natijadorlikni taʼminlash maqsadida ularning faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab borilishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilanishi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlari, xizmatni o‘tashda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirib borish bosh mezon sifatida belgilanishi kabi loyihaning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Fraksiya aʼzolari hozirda davlat hokimiyat boshqaruvining ijro etuvchi hokimiyat tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar maʼmuriyatchiligiga oid yagona qoidalar mavjud emasligi hamda ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mazkur sohadagi munosabatlarni qonun bilan tartibga solinishiga xizmat qilishini eʼtiborga olib, uni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tez orada qabul qilish zarurati to‘g‘risida fikr bildirishdi.

Fraksiya aʼzolari ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi davlat fuqarolik xizmati bilan bog‘liq munosabatlarni qonun bilan tartibga solinishiga xizmat qilishini eʼtiborga olib, loyihani qo‘llab-quvvatlashdi.

Chop etish