Yangi Qonun mazmuni va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

10:48 - 31 Avgust 2022 Yangiliklar
744

Targ‘ibot tadbirlari doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining 11 mingdan ortiq savollariga javob berildi.

Joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini davlat fuqarolik xizmatchilariga tushuntirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, 

Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida targ‘ibot ishlari

Targ‘ibot o‘tkazish uchun Agentlikning 19 nafar masʼul xodimidan iborat targ‘ibot guruhi tuzildi va uning tarkibidan 7 ta kichik guruhlar shakllantirildi. Reja-grafik ishlab chiqildi hamda unga muvofiq 15-18-avgust kunlari  87 ta vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, ularda 6 323 nafar davlat xizmatchisi ishtirok etdi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarida targ‘ibot ishlari

Bandlik va mehnat munosabatlari, Adliya vazirligining bo‘linmalari xodimlari bilan hamkorlikda 14 ta hududda jami 117 nafar mutaxassisdan iborat targ‘ibot guruhlari tuzildi. Har bir hudud kesimida Reja-grafiklar ishlab chiqildi hamda 5-26-avgust kunlari hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi 821 ta bo‘linmalarida o‘tkazilgan tadbirlarda 55 864 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi ishtirok etdi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida Konunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish, xizmatning asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, majburiyatlari, ijtimoiy himoyasi, odob-axloq qoidalari, davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladigan malaka darajalari, xizmatga kirish, uni o‘tash va tugatish shartlari, Qonun ijrosi yuzasidan Agentlikning vakolatlari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 11 mingdan ortiq savollar berildi va ularga ekspertlar tomonidan batafsil javob berildi.

Jarayon davom etmoqda. 

Chop etish