Vazirliklar va idoralar, tijorat banklarining tajribali rahbar va mutaxassislari "Rahbar ayollar maktabi" dasturi tinglovchilariga mahorat darslarini o‘tib berdi
O‘quv dastur davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan rahbar ayollarning strategik fikrlash, tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, tizimli tahlil, sunʼiy intellekt asoslari va loyihalarda qo‘llanilishi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkillashtirilgan dastur auditoriya mashg‘ulotlari, mahorat darslari, mahalliy stajirovka (dublyorlik), vazirlik va markaziy idoralarda stajirovka, loyiha ishini tayyorlash va uni himoya qilish bosqichlaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Dasturning bu galgi mavsumida 100 nafar ijtimoiy faol, salohiyatli xotin-qizlar tahsil olmoqda.