Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda GIZning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi menejeri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini amaliyotga joriy etish, bunda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va xalqaro ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Uchrashuv avvalida Agentlik rahbariyati mamlakatda sohani rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar, natijalar haqida fikr bildirdi.
Viktor Kessler O‘zbekistonda sohada erishilgan natijalar haqida ijobiy fikrda ekanligini taʼkidladi. Mavjud tizimni yana-da rivojlantirish maqsadida sohani to‘liq raqamlashtirish, yuqori texnologiyalarni jalb qilish, inson resurslarini strategik rejalashtirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish lozimligini taʼkidladi.
Muloqotda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va GIZning “Samarali davlat boshqaruvi dasturi” doirasida 2025-yil uchun mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi loyihasi muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, ishchi kuchini rejalashtirish metodologiyasini ishlab chiqish, O‘zbekistonning pilot vazirliklari va hududiy boshqarmalarida kadrlar boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha professiografik tahlilini (job analysis) o‘tkazish, rahbar kadrlarni baholash markazini ko‘llab-quvvatlash, Davlat xizmati bo‘yicha BMT forumi doirasida tashkil etiladigan davra suhbatini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.