vacancy.argos.uz portali foydalanuvchilari(nomzodlar) uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilmoqda

15:10 - 28 Sentabr 2022 Yangiliklar
1433

Endilikda ular tanlov bosqichlari kuni, tanlov natijalarini SMS xabarnoma orqali oladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi PF–5843-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan dasturiy-apparat kompleksini Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq vacancy.argos.uz portali davlat fuqarolik xizmati sohasiga joriy etilgan.

Bugungi kunda, ushbu portalning foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. Xususan, ochiq mustaqil tanlovlar orqali  39 777 nafar nomzod davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan, bir milliondan ziyod nomzod vakant lavozimlar ochiq tanlovlarida qatnashgan va bu ko‘rsatkichlar yana oshib bormoqda, shuningdek tanlov jarayonlari davom etayotgan vakansiyalar 1 892 tani tashkil etmoqda hamda 252 168 nafar fuqaro o‘zining maʼlumotnomasini tizim orqali shakllantirgan bo‘lib, ushbu portal doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.

Endilikda mazkur portal orqali vazirlik va idoralarning vakant lavozimlariga ochiq tanlovlar asosida ishtirok etayotgan nomzodlar uchun yana-da qulayliklar yaratish, jumladan tanlov bosqichlari kuni, tanlov natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni SMS orqali qisqa xabar ko‘rinishida olish imkoniyati joriy etiladi.

Shunga ko‘ra, SMS-xabar xizmatlarini vacancy.argos.uz portalida joriy etishning Texnik shartlari ishlab chiqildi. SMS-xabar xizmatlarini joriy etuvchi tashkilotlarning takliflarini olish maqsadida Texnik shartlar quyida eʼlon qilinmoqda.
Tashkilotlar takliflarini joriy yilning 5-oktyabriga qadar d.fayzullayev@argos.uz manziliga yuborishlari mumkin.  

 

SMS-xabar

xizmatlarini joriy etish yuzasidan

TEXNIK SHARTLAR

Infratuzilma

Mobil operatorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish. Yuqori sifat darajasini taʼminlash. Server va tarmoq uskunalari kuniga 24 soat uzluksiz xizmat ko‘rsatishini taʼminlashi shart.

Xodimlar

24/7 rejimida xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash.

Ulanish

Xizmatlarga ulanish JSON-RPC protokoli (masofaviy protsedura chaqiruvi protokoli) orqali HTTP API yordamida amalga oshirilishi kerak. 

Kafolatlar

Taqdim etilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishning to‘liq maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlanishi shart.

Texnik xususiyatlar

1) SMS-xabarlarni yuborishning barcha faktlari va foydalanuvchining barcha javoblari, agar kerak bo‘lsa, keyingi tahlil qilish yoki tadqiq qilish uchun saqlanishi va saqlab turilishi lozim.

2) SMS shlyuzning texnik qurilmasi sekundiga 100 tadan kam bo‘lmagan chiquvchi SMS xabarnomalarni to‘g‘ri qayta ishlash imkonini berishi kerak.

3) SMS-xabarnomalar turli harf identifikatorlari yoki qisqa raqam ostida yuborilishi kerak.

4) SMS-xabarnomalar kamida 160 belgidan iborat bo‘lishi kerak.

5) Har bir kiruvchi SMS abonentlarga uyali aloqa operatorlarining qisqa raqamidan kelishi, shuningdek har bir SMS narxi 40 so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi, to‘lov abonentlar tomonidan amalga oshirilishi imkoniyati taqdim qilinishi lozim.  

Chop etish