Respublika bo‘ylab davlat xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda 

11:44 - 7 Fevral 2023 Yangiliklar
520

Ularning salomatligi — samarali faoliyati uchun asosdir!

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida  davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. 

Ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, baʼzi holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berilmoqda. 

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishmoqda. Yanada muhimi, endilikda ulardagi baʼzi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga ham erishiladi. 

Xizmatchilar salomatligini ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 20-fevraliga qadar davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

Chop etish