Jizzaxda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar xalqimiz va davr talabidan kelib chiqib, bilim va kompetensiyalarini oshirdi

10:55 - 28 May 2024 Yangiliklar
843

Taʼkidlaganimizdek, bugun Milliy kadrlar zaxirasi ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyot uyg‘unligi asosida takomillashmoqda. 

Maqsad — Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli, xalqparvar shaxslarni jalb qilish, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olish, milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalardagi tashkilotlar uchun professional tayyorlangan kadrlar zaxirasini shakllantirish. 

Zaxiraga olingan nomzodlar uchun grafik asosida respublika va hudud darajasida malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.  

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali hamda viloyat hokimligi Zaxiraga olingan hududdagi kadrlar uchun o‘quv tashkil etdi. 

Bugungi rahbar va bugungi kadrlar uchun eng muhim hisoblangan mavzularda treninglar tashkil etildi. Shuningdek, shaxsiy rivojlanish rejasi ustida samarali ishlash mexanizmlari tushuntirildi. O‘quv dasturidan madaniy tadbirlar ham o‘rin oldi.

Chop etish