Narpay tuman hokimligining boshqaruv xodimlari va sektor rahbarlari uchun ekspress-trening tashkil etildi

09:16 - 2 Oktabr 2024 Yangiliklar
253

Dastlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari o‘rinbosari A.Ibragimov so‘zga chiqib, yangi tayinlangan rahbarlarni jamoaga kirishishi (adaptatsiya) jarayonini jadallashtirish muhim vazifalardan biri ekanligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, PF-49-sonli Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha taqdimot qilindi, ahamiyati turli misollar yordamida tushuntirildi. 

Seminar davomida boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda maʼlumotlar berildi. 

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Chop etish