Jurnalistlar va jamoatchilik vakillari uchun navbatdagi matbuot anjumani boshlandi

15:38 - 3 Oktabr 2024 Yangiliklar
265

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul vakillari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumani avvalida Agentlikning departament mudiri Alisher Eranov jamoatchilikka so‘nggi yillarda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan yangiliklar haqida axborot berdi. 

Jumladan, "Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi", Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, kadrlar faoliyati samaradorligini baholash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berildi. 

Shuningdek, Agentlikning departament mudiri Umid Samiyev tomonidan davlat fuqarolik xizmatini raqamlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Eslatib o‘tamiz, matbuot anjumanini UzReport TV telekanali, uning Facebook (https://www.facebook.com/uzreport.tv) hamda YouTube (https://www.youtube.com/@uzreport/streams)dagi sahifasi orqali jonli tomosha qilish mumkin. 

Chop etish