Taʼlim va tarbiya sohasining biz uchun qadrli, jonkuyar xodimlari!

09:13 - 1 Oktabr 2024 Yangiliklar
263

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi jamoasi barchangizni bugungi kasb bayramlaringiz bilan samimiy qutlaydi! 

Muhtaram Yurtboshimiz boshchiliklarida sohadagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida har biringizning munosib hissangiz bor. 

Chinakam fidoyilik ko‘rsatib, yosh avlodimizga berayotgan taʼlim-tarbiyangiz uchun minnatdormiz!

Sizlarga, avvalo, mustahkam sog‘lik tilaymiz. Kasbingizda kamol toping. Shogirdlaringiz muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lsin!
 

Chop etish