Bugun qisqartirilgan ish kuni

09:12 - 30 Sentabr 2024 Yangiliklar
261

Ertaga 1-oktyabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni", dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Shu sabab, bugun barcha xodimlar qonuniy tartibda belgilangan huquqidan foydalanishga haqli.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Chop etish