Davlat xizmatchilarining haq-huquqlari, manfaatlari qonun himoyasida
Agentlik tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq o‘rganishlar o‘tkazildi va qator taʼsir choralari qo‘llanildi.
Tahlillar davomida quyidagilar aniqlandi:
– 490 ta o‘rganish o‘tkazilgan;
– 113 ta taqdimnoma kiritilgan;
– 79 ta maʼmuriy taklif berilgan;
– 194 ta yozma ogohlantirish xati yuborilgan.
O‘rganishlarda jami 2671 ta holatda qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
◽️Jumladan:
– 630 ta holatda tanlov o‘tkazish tartibiga amal qilinmagan, 189 nafar fuqaro davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlovsiz ishga qabul qilingan hamda 5 ta holatda kadrlar bo‘yicha rahbarlik lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishmasdan tayinlangan;
– 205 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lashda ularning huquqlari buzilgan;
– 80 nafar davlat fuqarolik xizmatchisiga mehnat taʼtillarini berishda, 72 nafariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llashda qonunchilik talablariga amal qilinmagan;
– 211 nafar davlat fuqarolik xizmatchisiga eksklyuziv huquqlar tatbiq etilmagan;
– 4 ta holatda ishdan bo‘shatish tartibiga rioya qilinmagan;
– 29 ta holatda jamoa shartnomasi qabul qilinmagan hamda xodimlarga imzo qo‘ydirgan holda tanishtirilmagan;
– 46 ta holatda davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va Odob-axloq komissiyasi tasdiqlanmagan;
– 889 ta holatda inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlar “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali shakllantirilmagan.
Taʼsir choralarni ko‘rib chiqishi natijalari bo‘yicha:
– 51 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lashda ularning buzilgan huquqlari tiklangan;
– 72 ta noqonuniy qabul qilingan buyruq bekor qilingan,
– 13 ta holatda Tanlov komissiyasining xulosasi bekor qilingan va tanlov qayta o‘tkazilgan.
Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 62 nafar aybdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 14 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda 57 nafar aybdor shaxsga nisbatan (110,3 mln so‘m) maʼmuriy jarima qo‘llanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda).
Jarayon davom etmoqda.
Davlat xizmatchilari murojaatlari boti — @murojaat_argos_bot