Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan kadrlar malakasini oshirdi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘quvda tuman hokimligi apparati xodimlari, tuman tashkilotlarining rahbarlari, kadr tuzilmalari xodimlari, yuristlar hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.
O‘quv-seminarda Agentlik masʼul vakillari tomonidan vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlarni o‘tkazish, nomzodlarni malaka talablari bo‘yicha saralashda shaffoflikni to‘liq taʼminlash, tanlov yakunlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, qonun hujjatlari talablari asosida Odob-axloq komissiyasi faoliyatini yuritish tartibining huquqiy mexanizmlari, Komissiya yig‘ilishini tashkil etish, hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.
O‘quvda samaradorlikni oshirish bo‘yicha yana qator mavzularda taqdimotlar qilindi.