Qoraqalpog‘istonda qadrlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, samarali faoliyat yuritgan soha mutaxassislari rag‘batlantirildi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rag‘batlantirishda vazirlik va idoralardagi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi hamda tuman (shahar) hokimliklaridagi Tashkiliy-kadrlar guruhi masʼul rahbarlarining 2024-yil davomidagi faoliyat samaradorligini baholash reytingi natijalarini inobatga oldi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev, Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari A.Reimbayevlar ishtirok etib, tashkilot Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi va davlat xizmatchilari oldida turgan muhim vazifalar, rejalarga to‘xtaldi. Sohada erishilgan natijalar yuzasidan so‘z bordi.
Shuningdek, inson resurslarini boshqarish va tizimli rivojlantirib borishning ahamiyati va zarurati yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Tadbir davomida eng yuqori natijalarga erishgan kadrlar rag‘batlantirildi.