Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Karyera markazi ish boshladi

09:25 - 5 Fevral 2025 Yangiliklar
48

Institutda 28 ta taʼlim yo‘nalishi, 15 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 8 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. 

Karyera markazi talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtida mustaqil taʼlim olishi, hunar o‘rganishi, o‘z bilimi, qobiliyat va iqtidorini tijoratlashtirish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun pazandachilik, tikuvchilik-bichuvchilik sexlari, erkaklar sartaroshxonasi, go‘zallik saloni, amaliy sanʼat to‘garagi, koreys, yapon, xitoy, nemis, turk, ingliz, italyan va rus tillarini o‘rgatuvchi o‘quv kurslari tashkil etildi. 

Agentlikning Surxondaryo filiali masʼullari ham institut talabalari bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlar uchun tashkil etilayotgan ochiq tanlovlarda ishtirok etish tartibi yuzasidan batafsil maʼlumot berishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Markaz oliy taʼlim muassasasi, davlat va nodavlat sektoridagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlashga yo‘naltirilgan. 
 

Chop etish