Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi vebinar tashkil etildi

14:26 - 26 Iyul 2024 Yangiliklar
629

Bugungi kunda davlat xizmatchilarining jamoatchilik bilan samarali muloqoti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masaladagi har qanday, katta-kichik kamchilik davlat xizmati imijiga taʼsir qilib, samaradorlikni pasaytirishi mumkin. 

Shu bois, davlat fuqarolik xizmatchilariga ko‘rsatma va tavsiyalar berish maqsadida "Davlat xizmatchilari va virtual auditoriya: samarali hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusida vebinar tashkil etildi.  

Vebinar davomida ekspert davlat xizmatchilarini qiziqtirayotgan savollarga ham javob berdi. Ishtirokchilar faoliyatlariga kerakli bo‘lgan muhim maʼlumotlarni olishganini taʼkidlashdi. 

Chop etish