“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi doirasida intervyu va taqdimotlar o‘tkazilmoqda

16:08 - 23 Sentabr 2024 Yangiliklar
1058

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi BAA Hukumati bilan hamkorlikda “Government Quality Award”  — O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari samaradorligi mukofoti” dasturini amalga oshirmoqda.

Dastur — mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan loyiha hisoblanadi. Joriy yilda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd qilgan davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilari bir necha nominatsiya bo‘yicha mukofotlanishi nazarda tutilgan.

 “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” (Uzbekistan Government Quality Award 2024) dasturining 2-siklida 8 ta nominatsiya  bo‘yicha vazirliklar va vazirliklar xodimlarini baholash belgilangan. 

Joriy yilning 23-iyul – 1-avgust kunlari quality.argos.uz platformasi orqali vazirliklar ro‘yxatdan o‘tishdi. Ayni damda BAA mutaxassislari va mahalliy ekspertlardan iborat Ishchi guruh joylarga chiqib,  ishtirokchilarni intervyu va taqdimotlar asosida baholamoqda. 

Maʼlumot uchun, Dasturga 17 ta vazirlik, 120 nafarga yaqin davlat xizmatchilari ishtirok etmoqda. 

Chop etish