Toshkentda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo tajriba almashinuv davrasi o‘z ishini boshladi

11:10 - 27 Sentabr 2024 Yangiliklar
903

Unda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari vakillari, davlat organlari rahbarlari, masʼullari,  “ICBA”, “Fly Dubai”, Abu-Dabi taraqqiyot fondi kabi tashkilotlar rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda. 

Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda investitsiya loyihalari portfeli “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm infratuzilmasi va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan. 

Qolaversa, davlat xizmatini takomillashtirish, boshqaruvdagi kadrlar faoliyatini baholash, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha ham ikki davlat o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

Ushbu uchrashuv ham davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish maqsadida tashkil etildi.

 

Chop etish