Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan 8 ta klaster doirasida muhokamalar boshlandi

11:26 - 27 Sentabr 2024 Yangiliklar
454

Davra avvalida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari madhiyalari yangradi, ikki davlat hamkorligiga  bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng, “Kelajak ayni damda: Transformatsiya davrida hukumatni modernizatsiya qilish”  bo‘yicha panel muhokamasi tashkil etildi.  “O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan islohotlarning izchil, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot qilindi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida 8 ta klaster, jumladan, Investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish, Energetika va infratuzilma, Taʼlim va hududlarni rivojlantirish, Sog‘liqni saqlash, Atrof-muhit muhofazasi, Raqamli transformatsiya, Turizm, Davlat boshqaruvini takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ishchi guruhlari tashkil etildi va jarayon boshlandi.

 

Chop etish