Xodimlarni samarali boshqarish  —  barqaror rivojlanishga yo‘l ochadi

14:19 - 5 Noyabr 2024 Yangiliklar
203

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tashabbusi bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasida davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni samarali boshqarishga taʼsir etuvchi omillarni o‘rganish, tahlil qilish maqsadida seminar tashkil etildi. 

Seminarda jamoani shakllantirish, qattiq va yumshoq ko‘nikmalar, tashqi va psixologik omillar, shaxsiy samaradorlikka erishish usullari, davlat fuqarolik xizmatchisining islohotlarga daxldorlik hissini oshirish kabi yo‘nalishlarda muhim maʼlumotlar berildi. Joriy holat tahlil qilindi.

Shuningdek, xodimlarning kelgusidagi ish faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Chop etish