Har bir davlat xizmatchisi — maʼnaviyat targ‘ibotchisi 

10:28 - 7 Noyabr 2024 Yangiliklar
55

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida shu mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi. 

3 kunlik seminar davomida ishtirokchilar bilan davlat xizmatchisining maʼnaviy-axloqiy fazilatlari, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat natijadorligi, maʼnaviy tahdidlar, ularni aniqlash va bartaraf etish yo‘llari kabi mavzular tahlil qilinadi.

Shuningdek, ijtimoiy axloq va yangilanayotgan jamiyat, rahbar maʼnaviyati va kasb etikasi, maʼnaviy targ‘ibot taʼsirchanligini oshirish yo‘llari, milliy g‘oyaning O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning holati, jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsir etuvchi tahdidlar, ularni bartaraf etish omillari kabi masalalar yuzasidan treninglar tashkil etiladi. 
 

Chop etish