“Davlat va mahalliy hokimiyat xizmatchilarining taʼlim tizimidagi o‘quv dasturlarini strategik rejalashtirish va boshqarish” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi
Taʼkidlash joizki, bugun davlat fuqarolik xizmatchilarining uzluksiz malakasini oshirib borish tizimini takomillashtirish, bunda malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan taʼlim muassasalarining o‘quv jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish uchun amaliy va huquqiy zamin yaratilgan.
Mamlakatimizda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart ekanligi belgilangan.
Mazkur vazifalardan kelib chiqib, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bir qator nufuzli xorijiy taʼlim muassalari, jumladan, Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) bilan inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilib kelmoqda.
Kuni-kecha hamkorlik doirasida vazirlik, idora hamda tashkilotlar tarkibidagi davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga masʼul taʼlim muassasalari rahbar kadrlari uchun 3 kunlik seminar-trening tashkil etildi.
O‘quv ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat fuqarolik xizmatchilarining uzluksiz malakasini oshirib borish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirildi.