“Rahbar ayollar maktabi”ning navbatdagi mavsumi uchun nomzodlar saralanmoqda

14:58 - 20 Noyabr 2024 Yangiliklar
251

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmonida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilangan.

2023-yildan buyon tashkil etilayotgan “Rahbar ayollar maktabi” dasturining uchta mavsumida 144 nafar xotin-qizlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

Dasturning to‘rtinchi mavsumi uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan 300 nafardan ziyod xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirildi. Komissiya tomonidan malaka talablariga mos keladigan hamda test sinovlarida yetarli ball to‘plagan 85 nafar nomzod suhbat bosqichiga o‘tdi.

Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi masʼul xodimlaridan iborat Komissiya tomonidan nomzodlar bilan suhbat jarayonlari boshlandi.

Suhbat natijalariga ko‘ra, faoliyati ijobiy, tashabbuskor, o‘z sohasi bo‘yicha bilim, ko‘nikmalari yetarli 50 nafar xotin-qiz Dastur doirasida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

▫️O‘quv dasturi joriy yil dekabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Chop etish