“Hokimlikka tayyorlash maktabi” qo‘shma taʼlim dasturi tinglovchilari masʼul vazifalarga tayinlanmoqda
Loyiha avval maʼlum qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Dastur boshqaruv kadrlariga qo‘yilayotgan zamonaviy va xalqchil talablarni hisobga olgan holda rahbarlar zaxirasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Ayni damda 56 nafar tinglovchi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirmoqda. Bugunga qadar quyidagi tinglovchilar masʼul vazifalarga saylandi va tayinlandi:
▫️Tojiboyeva Gulchehra Sadriddinovna, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (saylandi)
▫️Radjabova Shoira Nurmatovna, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (saylandi)
▫️Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna, Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi (saylandi)
▫️Ubbiniyazov Batirbek Ongarbayevich, Bo‘zatov tumani hokimi
▫️Sulaymanov Bekzod Anvarovich, Markaziy bankning Namangan viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i
▫️Sobirov Ilhom Qahramonovich, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i
▫️Musayeva Iroda Mansurbekovna, Urganch shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
▫️Nasrullayeva Shoira Azatovna, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha o‘rinbosari
❕Jarayon davom etmoqda.