Farg‘onada inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bo‘lajak menejerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, ular Agentlikka taklif etildi

17:14 - 21 Noyabr 2024 Yangiliklar
64

Habaringiz bor, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan Farg‘ona davlat universitetida 2024-2025-o‘quv yili uchun Inson resurslarini boshqarish taʼlim yo‘nalishi tashkil qilingan. 

Ushbu yo‘nalishga 25 nafar talaba qabul qilingan bo‘lib, bugungi kunda ular xodimlarni boshqarish, inson resurslarini rivojlantirish, baholash, mehnat munosabatlarini boshqarish yo‘nalishlarida bilim olishmoqda. 

Bugun Filial binosiga ushbu talabalar taklif etildi. Ularga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyati to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni ochiq tanlov orqali qabul qilish tizimi, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, kadrlar faoliyati samaradorligini baholash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida fikr-mulohazalar almashildi.

Ahamiyatlisi, talabalar bo‘sh ish o‘rinlariga test va suhbat jarayonlarini kuzatishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Muloqot so‘nggida talabalarga davlat xizmatchisi o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar taqdim qilindi.

Chop etish