Buxoroda ish beruvchilar vakillari va talabalar uchun muloqot maydoni yaratildi

15:50 - 22 Noyabr 2024 Yangiliklar
72

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tashabbusi bilan Buxoro davlat universitetida  tashkil etilgan muloqotda viloyat boshqarma va tashkilotlarning kadrlar bilan ishlash tuzilmalari rahbar va xodimlari, bitiruvchi kurs va magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi. 

Muloqot talabalarni kadrlar siyosati sohasidagi islohotlardan xabardorligini oshirish, vakant lavozimlar ochiq portali faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularga ish beruvchilar vakillari bilan muloqot maydoni yaratish maqsadida tashkil qilindi. 

Uchrashuv avvalida davlat fuqarolik xizmati tushunchasi, sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat xizmatiga kirishning shaffof va adolatli tanlov tizimi bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi. vacancy.argos.uz platformasi orqali vakant lavozimga hujjat topshirish tartibi yoshlarning bevosita ishtirokida amalga oshirildi. 

Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklar ham taqdimot qilindi.

Uchrashuv qizg‘in, savol-javob va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.
 

Chop etish