Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi

09:12 - 25 Noyabr 2024 Yangiliklar
35

Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi. (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi)

2025-yil 1-fevraldan boshlab:

➖oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi;

➖30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

➖ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

➖yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional taʼlim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.

Farmon bilan “Inson” markazlari bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.

Endilikda aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qatʼi nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning to‘liq taʼminotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga to‘lanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilinmaydi.

Oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.

Chop etish