Sirdaryoda sayyor qabul tashkil qilindi
Qabul Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan davlat fuqarolik xizmatiga oid 27 ta murojaat qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 13 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlarga esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, qonuniy tartibda yechim berilishi maʼlum qilindi.
Qabul davomida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.