Davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilsa, xizmat guvohnomasi uni  bergan davlat organiga qaytariladi

15:11 - 21 Noyabr 2024 Yangiliklar
109

Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to‘liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.

Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta ko‘rinishida ham berilishi mumkin.

Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi. (https://lex.uz/uz/docs/6145972)

Chop etish