Sirdaryoda davlat xizmatidagi xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi
O‘quv davlat fuqarolik xizmatidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yetakchilik salohiyatini yana-da rivojlantirish maqsadida Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Seminarda "Davlat boshqaruvidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar tahlili" mavzusida munozara, "Yuqori samardorlikda ishlashning 7 qoidasi" bo‘yicha mini-leksiya, shuningdek, "Zamonaviy ayol davlat xizmatchisining obrazi" mavzusida psixologik treninglar tashkil etildi.
Xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.