25-noyabrdan boshlab "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi
Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.
Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari saʼy-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.
Biz, ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipimizni olov rang fonida berdik. Olov rang — umid, yorug‘lik va zo‘ravonliksiz kelajak ramzidir.
Zo‘ravonlikni hech qachon oqlamaymiz!