Sifatli taʼlim va amaliyot — kafolatli ish o‘rni
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan ilg‘or horijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish orqali davlat organlari va tashkilotlarini sifatli kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Agentlik Namangan viloyati filiali hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud Karyera markazlari faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida qo‘shma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, kuni-kecha Namangan muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Universitet rahbariyati hamda Agentlik masʼullari ishtirok etgan tadbirda Karyera markazining asosiy vazifasi oliy taʼlim muassasasi, davlat va nodavlat sektordagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlashdan iborat ekanligi maʼlum qilindi.
Seminar davomida Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlar uchun tashkil etilayotgan ochiq tanlovlarda ishtirok etish tartiblari haqida batafsil maʼlumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.