“Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish dasturining navbatdagi mavsumi tinglovchilariga maxsus sertifatlar topshirildi

15:09 - 4 Dekabr 2024 Yangiliklar
391

Bugun Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish dasturi navbatdagi mavsumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati va masʼullari, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori, professor-o‘qituvchilari, Dastur tinglovchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, “Kelajak liderlari” o‘quv dasturi 2021-yildan buyon tashkil etib kelinmoqda. Bugunga qadar 200 nafar yosh davlat xizmatchilari mazkur loyihada malakasini oshirdi va karyerada muvafaqqiyatga erishdi.

“Kelajak liderlari” o‘quv dasturining navbatdagi mavsumi uchun respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan salohiyatli davlat xizmatchilarining 50 nafari tanlab olingan edi. 

O‘quv kursi davomida tinglovchilar strategik va loyiha boshqaruvi, liderlik, o‘zgarishlar jarayonlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi. 

Dasturni muvffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat taqdim qilindi. Endilikda ularning faoliyat samaradorligi monitoring qilib boriladi.
 

Chop etish