Xalq xizmatchisi

14:13 - 21 Yanvar 2025 Yangiliklar
65

Miliyev Davron Suvonovich, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qurilish sohasida elektron tender, reyting va buyurtmachi xizmati tizimini metodologik taʼminlash bo‘limi boshlig‘i

▫️D.Miliyev 1979-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan, oilali. 

 Mutaxassisligi: Davlat moliyasi

Sohadagi tashabbuslari: Qurilish sohasidagi davlat xaridlarida inson omilisiz xarid tizimini to‘liq ishlab chiqish (O‘z.R. VMning 31.01.2022-yildagi 46-son qarori) hamda joriy etish (“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron tender platformasi tender.mc.uz) jarayonlarida ishtirok etgan. 

Shuningdek, bugungi kunda Jahon Banki tomonidan O‘zbekistonga xukumat kafolati ostida ajratilayotgan mahalliy tenderlarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron tender platformasida amalga oshirish jarayonida qatnashmoqda.  Bu, o‘z navbatida loyiha va pudrat tashkilotlari o‘z imijlari ustida ishlashga, shartnoma majburiyatlarini to‘laqonli bajarishga sharoit yaratadi. 

Maqsadi: Qurilish sohasida barcha jarayonlarni maksimal raqamlashtirish, loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron reyting mezonlari orqali jahon bozoriga chiqarish, ushbu hizmatlarni rivojlangan mamlakatlarga eksport qilish.
 

Chop etish