Davlat xizmatini rivojlantirish sohasida Koreya bilan hamkorlik: HRM va BPR modeli sinovdan o‘tkazilmoqda
Ayni kunlarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha Koreya tomoni bilan davlat xizmatini rivojlantirish sohasida erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Loyiha doirasida tadqiqotlar asosida inson resurslarini boshqarish (HRM) modelini ishlab chiqish, biznes jarayonlari reinjiniringi (BPR) tahlilini o‘tkazish, HRM va BPR modelini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, professiografik tahlil (job analysis) bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqa.
Pilot tashkilotlar sifatida Tog‘-kon sanoati va geologiya, Transport hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi belgilab olingan.
KIPA vakillari tomonidan tashkil etilayotgan seminarlarda mahalliy ekspertlar, Agentlikning tegishli masʼullari ishtirok etmoqda. Shuningdek, yuqorida qayd qilingan pilot tashkilotlarda HRM/HRD modelini ishlab chiqish va BPR tahlilini o‘tkazish, shuningdek, professiografik tahlil (job analysis) bo‘yicha seminarlar olib borilmoqda.