Bosh vazir o‘rinbosari “Rahbar ayollar maktabi” dasturi tinglovchilari bilan suhbatlashdi
Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi to‘rtinchi mavsumi tinglovchilariga bilan "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari" mavzusi doirasida muloqot qildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rahbar ayollar uchun muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari, rivojlanishi hamda jamiyatdagi rolini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, "Rahbar ayollar maktabi" mamlakatimizda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy natijalaridan biri. Ushbu loyiha ayollar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash va ularning imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.