"Hokimlikka tayyorlash maktabi" va "Rahbar ayollar maktabi" dasturlari tinglovchilaridan iborat delegatsiyamiz Turkiyada stajirovka o‘tamoqda
Dastur Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tashkil etildi.
Stajirovka davomida Turkiyaning davlat boshqaruvi, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlar, oilani qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi, transport va infratuzilma, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit hamda iqlim o‘zgarishi kabi sohalardagi tajribasi bilan tanishish rejalashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvlar davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.
Dastur doirasida delegatsiya aʼzolari Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi, Ichki ishlar, Xalq taʼlimi, Ijtimoiy xizmatlar va oila, Madaniyat va turizm, Transport va infrastruktura, Sog‘liqni saqlash kabi vazirliklarida bo‘lishadi.
Maʼlumot uchun, dasturda qo‘shni qardosh davlatlardan ham vakillar ishtirok etmoqda.