To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligida davlat xizmatchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

14:26 - 23 Yanvar 2025 Yangiliklar
64

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘quv seminarda tuman hokimligi apparati xodimlari, tuman tashkilotlarining rahbarlari, kadr tuzilmalari xodimlari hamda yuristlar ishtirok etdi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlarni o‘tkazish, nomzodlarni malaka talablari bo‘yicha saralashda shaffoflikni taʼminlash, tanlov yakunlari bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish yuzasidan tushunchalar berildi. 

Shuningdek, qonun hujjatlari talablari asosida Odob-axloq komissiyasi faoliyatini yuritish tartibining huquqiy mexanizmlari, Komissiya yig‘ilishini tashkil etish, unda masalalarni ko‘rib chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar amaliy misollar bilan tushuntirildi.

Tadbir davomida fikr-mulohazalar almashildi, olingan bilimlar mustahkamlandi.
 

Chop etish