Xalqchil davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yo‘l

10:11 - 17 Aprel 2024 Yangiliklar
1106

Ushbu shior ostida talabalar ishtirokida muloqotlar tashkil etilmoqda.

Davlat fuqarolik xizmati va oliy taʼlim o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, bitiruvchi kurslarning  qobiliyatli talabalarini davlat xizmatiga jalb qilish maqsadida tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarining yana biri Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali masʼul xodimlari, talabalar, o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

Dastlab sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida talabalarga tushuncha berildi.  Shundan so‘ng, davlat xizmatiga kirishning shaffof va adolatli tanlov tizimi haqida batafsil maʼlumot berildi. 

Tadbir davomida yoshlar sohaga qiziqishi yuqori ekanligini bildirib, davlat xizmatiga ishga kirish, faoliyat yuritish, xizmatchilarning ijtimoiy va huquqiy himoyasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

Jarayon respublikaning boshqa hududlarida ham davom etmoqda. 
 

Chop etish