Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun seminar tashkil etildi

05:35 - 17 Aprel 2024 Yangiliklar
514

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev, Agentlik filiali rahbari o‘rinbosari A.Reimbayev va filial masʼul xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv davomida tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati, O‘quv kursi davomida tinglovchilar faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari, samaradorlikni baholash asoslari, Samaradorlik.uz elektron platformasi imkoniyatlari va undan foydalanish tartibi  hamda “mahalla yettiligi” ishini samarali tashkil etish masalalariga oid tushuntirishlar berildi.

Chop etish