Ilm — jamiyatni yana-da yaxshilashning eng muhim vositasi

13:55 - 12 Dekabr 2024 Yangiliklar
582

Navoiyda xalqimiz bilan bevosita ishlayotgan davlat xizmatchilari intellektual turnirda bellashishdi. 

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda mahallalardagi kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida intellektual turnir o‘tkazishdi.

Ilm — har qanday toifadagi davlat xizmatchisi uchun fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, qarorlar qabul qilishda samaradorlikka erishish, ijtimoiy adolat va tenglikni taʼminlash, hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, innovatsiyalarni qo‘llashda muhimdir. 

Qizg‘in kechgan turlar yakuniga ko‘ra, 1-o‘ringa Zarafshon shahar jamoasi, 2-o‘ringa Qiziltepa tuman jamoasi, 3-o‘ringa Konimex tuman jamoasi loyiq ko‘rildi. 

Chop etish