Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi vakillari uchrashishdi
Uchrashuv davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Muloqot avvalida ikki mamlakatning hamkorlik yo‘nalishlari, istiqbollari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyati, ustuvor vazifalari haqida maʼlumot berildi.
Ayni damda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan “Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, 2025-yilda USAID loyihasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Muloqot davomida nomarkazlashtirish, hududlarni rivojlantirishda xalq fikrini o‘rganish va tahlil qilish, zamonaviy rahbar kompetensiyalarini aniqlash hamda rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.