Davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni tanlab olish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirildi?
Bugungi kunga kelib, vacancy.argos.uz portaliga 68 ta tashkilot ulangan. Joriy yilning ushbu davriga qadar 31 600 ta tanlov o‘tkazildi. Tanlovlarda 1 mln 80 mingdan ortiq nomzod qatnashdi. Ulardan 16 800 nafari ishga qabul qilindi.
Tanlov g‘oliblarining 6 055 nafari 30 yoshgacha bo‘lganlar, 5 920 nafari ayollar, 2 723 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlardir.
Portal orqali vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan 8 850 dan ortiq vakant lavozimga tanlov eʼlon qilindi. 3 398 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar turli darajadagi vazifalarga ishga qabul qilindi.