Davlat fuqarolik xizmati raqamlashtirilmoqda
hrm.argos.uz elektron platformasi to‘liq ishga tushirildi
2 534 ta tashkilot ushbu platformaga ulandi. 94 mingga yaqin davlat xizmatchilarining maʼlumotlari raqamlashtirildi. 315 mingdan ortiq kadrlarga oid idoraviy hujjatlar tizim orqali qabul qilina boshlandi. Hujjatlar bo‘limida mehnat shartnomalar moduli ishlab chiqildi. “Xizmat safari” modulining rahbarlar va barcha xodimlar uchun mo‘ljallangan qismlari amaliyotga joriy etildi.
samaradorlik.uz elektron platformasi takomillashdi
1. Rahbar va rahbar o‘rinbosarlari
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o‘rinbosarlari
3. tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari
4. Tuman (shahar) sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash modullari amaliyotga joriy etildi.
zaxira.argos.uz axborot tizimi takomillashtirildi
991 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlari;
417 nafar davlat organlari va tashkilotlari;
1005 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) darajasi bo‘yicha;
52 nafar faol tadbirkor;
254 nafar Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchilari;
99 nafar “Rahbar ayollar” ro‘yxati shakllantirildi
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimliklarda o‘zaro, shu jumladan, gorizontal va vertikal aloqa (kommunikatsiya) tizimini rivojlantirish maqsadida “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi yaratildi. Vakant lavozimlar yagona ochiq “vacancy.argos.uz” portalining yangi formati ishlab chiqildi. assessment.argos.uz elektron platformasi joriy etildi. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy taʼlim — edu.argos.uz platformasi ishga tushirildi.